O‘zbekiston | 19:59 / 11.05.2017
21656
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi eng yirik korxonalardan biri o‘zbekistonlik 200 nafar fuqaroni ishga oladi

2017 yilda «Vologodskiy podshipnikovyy zavod» taxminan 200 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga olishni rejalashtirmoqda. Bu mehnat resurslari bilan bog‘liq kamchilikni to‘ldirishda yordam beradi, deya xabar bergan «VPZ» matbuot xizmati.
 
Zavod tegishli rasmiy murojaatni O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yubordi.

«Vologodskiy podshipnikovyy zavod» 10 yildan beri har yili O‘zbekiston va Ukraina fuqarolarini ishga jalb etadi. Natijada hozirgi kunda korxonada 51 nafar Ukraina fuqarosi va 185 nafar O‘zbekiston fuqarosi ishlamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, «VPZ» va O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2017 yilning fevralida o‘zbek fuqarolarini korxonada ishlashga jalb etish bo‘yicha kelishuv imzoladi. 

Hujjatga ko‘ra, nomzodlar o‘z vatanlarida ishga joylashtirish bo‘yicha suhbat, dastlabki tibbiy komissiya va huquqni muhofaza qilish idoralari tekshiruvidan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng ular bilan ishga olish bo‘yicha shartnoma imzolanadi.

Mavzuga oid