Jahon | 10:03 / 07.04.2018
30609
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik general Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ehtimoliy urush oqibatlari haqida aytdi

Foto: Aleksey Nikolskiy / RIA Novosti

Rossiya Mudofaa vazirligining xalqaro shartnomalar boshqarmasi sobiq rahbari, zaxiradagi general-leytenant Yevgeniy Bujinskiy Amerikaning The National Interest jurnaliga bergan intervyusida Rossiya va AQSh o‘rtasidagi mojaro nimaga olib kelishi mumkin ekanini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Amerika munosabatlarining hozirgi holati sovuq urushdan ham yomon darajada bo‘lib turibdi.

«Men har doim shuni aytamanki, hozir yanada yomon! Sovuq urush vaqtida tushunarli edi: mafkuraviy qarama-qarshilik, biroq chegara bor edi, haqiqat bor edi, ulardan o‘tib bo‘lmasdi, hech qanday tahdid, sanksiyalar yo‘q edi», - deya ma'lum qildi Bujinskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi keskinlik yadro qurolidan foydalanish bilan yakunlanadi. Ta'kidlanishicha, Rossiyaning Amerika raketalari hamda ularning tashuvchilariga qarata javob zarbasi to‘g‘risidagi bayonotlar – bu hazil emas.

Mavzuga oid