4 maydan boshlab Toshkentda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish faoliyati tiklanadi
4 may, dushanbadan boshlab Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tuman bo‘linmalari fuqarolar qabulini davom ettiradi.
Idora xabariga ko‘ra, poytaxtdagi «pasport stollar» dushanbadan shanbagacha, soat 9:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat olib boradi. Tushlik vaqti – 13:00dan 14:00gacha.
«Qabul sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga qat'iy amal qilingan holda olib boriladi. Fuqarolardan tibbiy niqob taqishni va ijtimoiy masofani saqlashni so‘rab qolamiz», – deya qayd etilgan bildirishda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 may kuni Toshkentda koronavirusga chalingan birorta ham yangi bemor aniqlanmagan edi.
30 apreldan boshlab soat 07:00dan 10:00gacha va 17:00dan 20:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqarolarga shaxsiy avtotransportidan foydalanishga ruxsat berilgan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, taksichilarning yo‘lovchi tashishi hozircha man etilgan.
Mavzuga oid
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024
Poytaxt IIBB Otabek Bakirov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
23:26 / 18.12.2024