Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga çalinganlar, undan tuzalganlar haqidagi statistik ma'lumotlarni e'lon qildi.
Infografikaga köra, bemorlarning 639 nafari Toşkent şahrida (Toşkent viloyati) qayd etilgan. Şundan 409 nafari, ya'ni 64 foizi kasallikdan tuzalgan. 5 nafar bemor infeksiya oqibatida vafot etgan.
Zararlaniş holatlari soni köpligi böyiça ikkinçi hudud Buxoro bölib, bu yerda jami 428ta holat tasdiqlangan, hozirgaça 325 bemorga javob berilgan - tuzaliş körsatkiçi 76 foiz.
Andijon, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazmda ham tuzaliş körsatkiçi 60 foizdan yuqori.
Ayni vaqtda Navoiyda atigi bir bemor davolanmoqda, bu viloyat zararlaniş holatlari eng kam qayd etilgan uç hududdan biridir - 2 bemor (ularning biri soğaygan). Bir neça kun avval koronavirusdan xoli hududga aylangan Jizzax va Qaşqadaryo viloyatlarida mos ravişda 3 va 6 nafardan bemor qayd etilgandi.
Sirdaryo, Samarqand, Namangan va Farğona viloyatlarida koronavirusdan tuzalganlar soni köp emas. Körsatkiç mos ravişda 20, 21, 40 va 48 foizni taşkil qilmoqda.
Sönggi 24 soat içida respublikada jami 32ta yangi holat qayd etildi. Şundan 12 bemor Samarqandda aniqlangan. Andijonda 5, Namanganda 5, Xorazmda 5, Farğonada 4 va Sirdaryoda 1 kişida koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Ayni vaqtda, 2 may davomida Namangan viloyatida 17 nafar, Qoraqalpoğistonda 8 nafar, Xorazm viloyatida 3 nafar, Andijon viloyatida 2 nafar, Toşkent şahrida 29 nafar — jami 59 nafar bemor koronavirusdan soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Qayd etiş kerakki, bemorlar tuzalişi sezilarli darajada oşayotgan Toşkent va Buxoroda (şu jumladan, Surxondaryo va Qoraqalpoğistonda ham) sönggi bir kunda birorta ham yangi zararlaniş holati qayd etilmadi.









