O‘zbekiston | 13:19 / 08.05.2021
11422
2 daqiqa o‘qiladi

654ta obekt ommaviy savdoga chiqariladi

Davlat ishtirokidagi korxonalarning 654ta ko‘chmas mulk obektlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi, keyinchalik baholangan qiymatda ommaviy savdoga chiqariladi.

Vazirlar Mahkamasining «Davlat ishtirokidagi korxonalarning aktivlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

— Davaktiv agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat ishtirokidagi korxonalar va banklar bilan birgalikda bo‘sh turgan, ixtisosligi bo‘lmagan aktivlar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obektlarni yaxlit xatlovdan o‘tkazadi;

— 654ta obekt Davaktiv agentligiga davlat mulki sifatida balans qiymatida o‘tkaziladi va keyinchalik ommaviy savdolar orqali sotiladi;

— 50ta ko‘chmas mulk obekti davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga keyinchalik samarali foydalanish uchun davlat mulki sifatida balans qiymatida operativ boshqarish huquqi asosida bepul o‘tkaziladi.

Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 89ta, Andijonda — 65ta, Buxoroda — 39ta, Jizzaxda — 24ta, Qashqadaryoda — 136ta, Navoiyda — 22ta, Namanganda — 18ta, Sirdaryoda — 17ta, Samarqandda — 19ta, Surxondaryoda — 39ta, Farg‘onada — 66ta, Xorazmda — 75ta, Toshkent viloyatida — 113ta, Toshkent shahrida — 31ta obekt nazarda tutilgan.

Avvalroq, 15ta yirik davlat korxonasining aksiyalari ochiq savdoga chiqarilishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid