O‘zbekiston | 09:30 / 04.05.2020
128961
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti

4-6 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.

Foto: KUN.UZ

4 mayda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 5 mayda respublikada ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

6 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 

4-6 mayda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

4-7 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Mavzuga oid