Jamiyat | 09:33 / 19.10.2021
2048
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida joriy yil 9 oyda qancha odam xorijga chiqish pasporti olgani ma'lum qilindi

Samarqand viloyatida joriy yil 9 oy davomida jami 259 708 nafar fuqaroga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirilgan. Bu haqda viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Davron Norchayev Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida ma'lum qilgan.

Foto: Kun.uz

Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyatida 2021 yil 18 oktyabrgacha jami 287 708 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi xorijga chiqish biometrik pasportini olgan (O‘tgan yilning shu davrida 47 654 nafar).

Ulardan:

- 271 499 nafari katta yoshdagilar (2020 yil 9 oyda 42 188 nafar);

-16 209 nafar voyaga yetmagan fuqarolar (2020 yil 9 oyda 5 466 nafar).

Qayd etilishicha, viloyat bo‘yicha 71 376 nafar fuqaroga identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berilgan (2020 yil 9 oyda 127 391 nafar).

Joriy yil 18 oktyabrgacha 483 nafar shaxsning tan olish bo‘yicha hujjatlari qabul qilingan. (2020 yil 9 oyida 358 nafar) Shulardan, 361 nafariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilgan (2020 yil 9 oyida 208 nafar). 122 nafarining hujjatlari o‘rganib chiqilmoqda.

Bugungi kunga jami 1 540 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilgan.

2021 yil 18 oktyabrgacha 12 581 nafar xorijiy fuqaro vaqtincha ro‘yxatga qo‘yilgan. Shuningdek, 1 215 nafar vaqtincha yashayotgan xorijiy fuqarolarning viza muddatlari uzaytirib berilgan (2020 yil 9 oyida 488 nafar).

Mavzuga oid