Ma'lum qilinişiça, Samarqand şahrida yaşovçi Mirat Sultonov Özbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bungaça u uzoq yillar davomida fuqaroligi yöq şaxs maqomida yaşab kelgan.
M.Sultonov 1995 yilda ma'lum sabablarga köra Tojikiston Respublikasidan Samarqand şahriga köçib kelgan. 81 yoşli otaxon 26 yil deganda Özbekiston fuqaroligini olgan.
Qayd etilişiça, joriy yil 4 oktabr kuni otaxonga Samarqand şahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi tomonidan M.Sultonovga Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingani haqida ID–karta rasmiylaştirib berilgan.
Eslatib ötamiz, 16 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqidagi qonunni imzolagandi. Unga köra, 2005 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan hamda muqaddam çet davlat fuqaroligida bölmagan şaxs xohiş bildirgan taqdirda, Özbekiston fuqarosi deb tan olinadi. Şuningdek, qonun bilan Özbekistonda tuğilgan fuqaroligi bölmaganlarga fuqarolik oliş uçun uzluksiz 5 yil yaşaş talabi bekor qilingan.

















