O‘zbekiston | 19:42 / 26.08.2020
24110
1 daqiqa o‘qiladi

Maktab, bog‘cha va shifoxonalar xodimlari grippga qarshi emlanadi - prezident qarori

Foto: Shutterstock

O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari 1 oktyabrga qadar markazlashgan tartibda grippga qarshi emlanadi.

Bu haqdagi tegishli prezident qarori 26 avgustda imzolandi.

Qayd etilishicha, emlanadigan maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlarini soni 1,5 million kishini tashkil etadi.

Mavzuga oid