O‘zbekiston | 15:08 / 09.03.2022
36052
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda yashin urishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida fuqarolarni yashin urishi holati kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: AP Photo / Rodrigo Abd

Bugun, soat 11:45 da Dehqonobod tumani “Otkamar” MFYda noqulay ob-havo sharoiti natijasida 3 nafar fuqaroni yashin urgan

Voqea oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, ikki nafar fuqaroning biriga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga ruxsat berilgan. Ikkinchi fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

“Fuqarolarimizdan noqulay ob-havo sharoitida xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘rab qolamiz”, deyiladi FVV xabarida.

Bundan avval “O‘zgidromet” Toshkent shahrida kuchli yomg‘ir va shamol kutilayotganidan ogohlantirgandi.

Mavzuga oid