O‘zbekiston | 14:20 / 09.03.2022
17212
2 daqiqa o‘qiladi
«O‘zgidromet» Toshkent shahrida kuchli yomg‘ir va shamol kutilayotganidan ogohlantirdi
Gidrometeorologiya xizmati markazi shoshilinch axborot bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yaqin 2 soat ichida kuchli momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek shamol tezligi 12-14 m/s kuchayishi kutilmoqda.
“Sizlardan ehtiyot choralarni ko‘rishlaringizni so‘rab qolamiz”, deyiladi ma’lumotda.
Haydovchilardan tezlik me’yoriga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish, zarurat bo‘lmasa ushbu vaqt oralig‘ida avtomashinada harakatlanishni imkon qadar cheklash so‘ralgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol vaqtidagi xavfsizlik choralarini e’lon qildi:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish taqiqlanadi, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish mumkin emas;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.
Mavzuga oid
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55 / 26.12.2024
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
11:20 / 26.12.2024
27 dekabrda biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi
11:39 / 25.12.2024