6 oyda bilimi va ko‘nikmasi yetishmagan 37 nafar tuman va shahar hokimi almashtirilgan
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda qobiliyatni aniqlash, o‘qitish, ishini yaxshi yo‘lga qo‘yishga o‘rgatadigan yaxlit tizim bo‘lmagani uchun, ayrim rahbar kadrlar berilgan vazifalarni eplay olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan 6 oyda bilim va ko‘nikmalari yetishmagani bois, 37 nafar tuman va shahar hokimlari almashtirilgan.
Mas’ul lavozimlarda o‘tirgan rahbarlarni tanlash, tayyorlash va motivatsiya berish yo‘lga qo‘yilmagani ijrodagi oqsoqliklar asosiy sabablaridan biri bo‘layotgani aytildi.
Ta’kidlanishicha, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, so‘nggi 2 yil davomida chuqur muhokamalar asosida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun tayyorlandi. Yig‘ilishda qonun bilan belgilanayotgan yangi tizim har bir idora va hudud kesimida qanday ishlashi, bu borada turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Birinchi yo‘nalish – davlat idoralariga ishga qabul qilish ochiq-oshkora tizimi joriy etiladi. So‘rovlarda ishtirok etgan 50 ming aholi 19 ming nafari (yoki 38 foizi) davlat tizimiga ishga kirishda shaffoflikni oshirish lozim, degan fikrni bildirgan.
Shu munosabat bilan yil yakunigacha:
- barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtiriladi;
- bo‘sh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat so‘ralmaydi, barcha jarayonlar elektron shaklga o‘tkaziladi;
- ochiq tanlov orqali nomzod bilimi, tajribasi va salohiyati aniqlanadi.
Mavzuga oid
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
11:52 / 02.12.2024
Organ xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanmoqda
20:18 / 30.11.2024
Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi
12:06 / 18.11.2024