Jahon | 18:45 / 01.07.2016
10507
1 daqiqa o‘qiladi
Medvedev oziq-ovqat embargosini 2017 yil oxirigacha uzaytirdi
Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev, javob sanksiyalari muddatini 2016 yil 6 avgustidan 2017 yil 17 dekabriga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda, Rambler News Service xabar qilmoqda.
Unga ko‘ra, AQSh, YeIga a'zo mamlakatlar, Kanada, Avstraliya, Norvegiya, Ukraina, Albaniya, Chernogoriya, Islandiya va Lixtenshteyndan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari olib kirishga joriy qilingan taqiq muddati bir yildan ko‘p vaqtga uzaytirilgan.
Avvalroq, YeI 1 iyul kuni Rossiyaga nisbatan jazo choralarini 2017 yil 31 yanvarigacha uzaytirishga qaror qilgani haqida xabar qilingan edi.
Medvedevning bayonotiga ko‘ra, taqiq mahsulotlari ro‘yxati o‘zgarmagan.
Mavzuga oid
11:34
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
08:36
AQSh Helsinki komissiyasi Rossiyada nomaqbul deb tan olindi
00:31