Jahon | 12:58 / 24.09.2016
19418
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga oid o‘z qarashlarini ma'lum qildi

Avval xabar qilinganidek, Nyu Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi o‘z ishini davom ettirayapti. Uning 23-sentabrdagi majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma'ruza qildi. U jahon hamjamiyati e'tiborini Toshkent nuqtai-nazaridan muhim bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy muammolarga qaratdi. 

Jumladan, Abdulaziz Komilovning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston BMTning barcha tizimlarini mustahkamlash, tuzilmalarining mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik muammolarini hal etish hamda barqaror taraqqiyotni ta'minlashdagi rolini kuchaytirish tarafdoridir. 

“O‘zbekiston bundan avval ham bir necha marotaba BMT institutini isloh qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bu, o‘z navbatida, uning asosiy organlari – Bosh Assambleya va Xavfsizlik kengashining o‘zaro hamkorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Ammo, Bosh Assambleya maslahat, direktiv va vakillik organi sifatida markaziy o‘rnini saqlab qolishi darkor. Xavfsizlik kengashi, uning tarkibi kengaytirilishi, xususan doimiy a'zolar soni ko‘paytirilishi hisobiga bosqichma-bosqich isloh qilinishi kerak”, - degan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri. 

Mavzuga oid