Jahon | 10:22 / 26.09.2016
4791
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Pokiston bilan suv bo‘yicha shartnomasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin

Hindiston 18 sentabrda 18 nafar hind harbiysi hayotiga zomin bo‘lgan terrorchilar hujumiga javoban Islomobod bilan suv resurslarini taqsimlab olish bo‘yicha shartnomasini qayta ko‘rib chiqishi va Pokiston hududiga suv oqimini kamaytirishi mumkin. Bu haqida NDTV telekanali hukumatdagi manbalariga asoslanib xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bir qator vazirlik va idoralar rahbarlari, shu jumladan suv resurlari vaziri hamda tashqi ishlar vaziri ishtirokida majlis o‘tkazadi. Majlisda Pokistonga bosim o‘tkazish hamda Hindistonning Jammu va Kashmir shtatlaridagi terrorchi guruhlar harakatini to‘xtatish uchun suv oqimi nazoratidan foydalanish masalasi muhokama qilinadi. Nyu-Deli masalani bir tomonlama ko‘rib chiqadigan bo‘lsa, bu Janubiy Osiyodagi vaziyatni keskin o‘zgartirishi mumkin.

18 sentabr kuni terrorchilarning Jammu va Kashmirda bazasini o‘rnatgan hind piyoda askarlariga uyushtirgan hujumi natijasida 18 nafar harbiy va 4 nafar terrorchi halok bo‘lgan. Bu Nyu-Deli va Islomobod o‘rtasidagi shusiz ham murakkab munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi shubhasiz. Hindiston hukumatining ma'lum qilishicha, terrorchilar "Jaish-i-Muhammad" guruhiga mansub bo‘lishgan va mamlakatga Pokiston tomondan kirishgan: harbiy operatsiyada yo‘q qilingan ekstremistlarda Pokiston belgisi bo‘lgan buyumlar topilgan. 

Mavzuga oid