Iroq hukumati Mo‘sul shahrini tiklash rejalarini ma'lum qildi
Iroq rejalashtirish vazirligi mamlakat shimolidagi Mo‘sul shahrini tiklash bo‘yicha maxsus loyihani ishlab chiqqan. Iroqning "As-Sabah" gazetasi yozishicha, bu haqda vazirlik rasmiy vakili Abdul Zahro al-Handaviy ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki bosqichli rejaning birinchi bosqichi bir oydan yarim yilgacha davom etadi. Bu muddat ichida shaharning asosiy infratuzilmalari, suv, elektr ta'minoti, sog‘liqni saqlash tizimi tiklanadi va aholi turarjoy mavzelarini tozalash ishlari yakunlanadi.
Ikkinchi bosqichda, vazirlik rasmiy vakilining aytishicha, strategik inshootlar, xususan yo‘llarni tiklash, aloqa va maktablar qurish ishlari boshlanadi. Bu ishlar bilan mazkur sohalarga ixtisoslashgan xalqaro kompaniyalar shug‘ullanishadi.
Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha harbiy amaliyotni Iroq armiyasi AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya ko‘magida o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024