Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
Bag‘dod o‘z hududidan boshqa davlatlarga hujumlar uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslikda qat’iy ekanini bildirdi.
Iroq Isroilning Eronga zarba berish uchun respublika havo hududidan foydalangani munosabati bilan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va jahon tashkiloti Xavfsizlik kengashiga norozilik notasini yubordi.
Bu haqda Iroq hukumati vakili Basim al-Avadiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomonlama strategik hadli kelishuv shartlariga va Vashingtonning xavfsizlik bo‘yicha majburiyatlariga muvofiq, Iroq bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy TIVga ushbu qoidabuzarlik yuzasidan Amerika tomoni bilan bog‘lanishni topshirgan.
Iroq hukumati o‘z hududining suvereniteti, mustaqilligi va yaxlitligiga qat’iy sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va bu kabi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish uchun turli darajalarda ishlamoqda, dedi Al-Avadiy.
«Biz Iroq havo hududidan boshqa davlatlarga, ayniqsa qo‘shni davlatlarga hujum qilish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlaymiz», deyiladi xabarda.
Bu Iroqning mintaqaviy mojarolarda o‘z hududi ekspluatatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik orqali mintaqada barqarorlikni saqlash siyosatini olib borish majburiyatini hamda nizolarni muloqot va o‘zaro tushunish yo‘li bilan hal etishni qo‘llab-quvvatlashini aks ettiradi, deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
00:02
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
15:12 / 21.12.2024
O‘zbekiston elchisi Isroil tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
16:40 / 20.12.2024