O‘zbekiston | 19:56 / 25.11.2016
25039
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi kuchli zilzila O‘zbekistonda sezildi

Bugun, Toshkent shahri aholisi mahalliy vaqt bilan soat 19:20da zilzila kuchini sezishdi.

Zilzilpa epimarkazi Toshkent shahridan 410 km sharqda, Xitoy hududida joylashgan. Epimarkazda zilzila kuchi 6,8 ballni tashkil qilgan.

Zilzila Toshkentda 3 ball, Andijonda — 3−4, Farg‘onada — 4, Namanganda — 3−4 ball kuch bilan sezilgan. O‘zbekistonning g‘arbiy hududida yashovchilar zilzila kuchini sezishmadi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu vaqtda Tojikiston va Xitoy chegarasi hududida 6,8 balli zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila epimarkazi Pomir tog‘i hududida, Tojikistonning Murg‘ob shahridan 111 km masofada joylashgan, chuqurligi 10 km.

 

Mavzuga oid