Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila episentridagi silkinish intensivligidan kelib chiqib, «halokatli» deb baholangan.
Filippin dengizida Yaponiyaning Tanegasima oroli (Kagosima prefekturasi) qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar berdi Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining Oltoy-Sayan bo‘limiga tayanib Interfax.
Tezkor ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila 17 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:16 da qayd etilgan, episentri Kyusyu orolidagi Kanoy shahridan 254 km janubda joylashgan.
Zilzila episentridagi silkinish intensivligidan kelib chiqib, «halokatli» deb baholangan.
AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,1 ni tashkil qildi. Amerikalik seysmologlarning fikricha, zilzila o‘chog‘i 8 km chuqurlikda bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:30 / 21.12.2024
Yaponiya kompaniyasi noyob ichimlik - kosmik sakeni tayyorlash niyatida
08:21 / 21.12.2024
Andijon viloyati hududida yer silkinishi kuzatildi
22:03 / 18.12.2024
Yaponiya kelgusi yilda mudofaa xarajatlarini rekord darajada oshiradi
19:53 / 18.12.2024