Jahon | 11:22 / 05.12.2016
13861
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston prezidenti noma'lum muddatga mehnat ta'tiliga chiqdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 5 dekabr kuni mehnat ta'tiliga chiqdi. Bu haqda davlat rahbari ma'muriyati xabar bermoqda.
Shu bilan birga ma'muriyat prezident qancha muddat ta'tilda bo‘lishiga oydinlik kiritmagan, deb yozmoqda «Interfaks».
Atambayev 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakatni taraqqiy ettiruvchi yangi strategiya ustida ishlash uchun yaqin vaqt ichida ta'til olishini ma'lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston rahbarining bundan oldingi ta'tili sentabr oyida, ko‘krak qismida paydo bo‘lgan og‘riq sabab bo‘lib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024
O‘zbekiston elchisi prezident Sadir Japarovga ishonch yorliqlarini topshirdi
17:13 / 20.12.2024