Saudiya politsiyasi Ar-Riyodda ikki terrorchini yo‘q qildi
Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari qirollik poytaxti Ar-Riyod shimolida ikki xavfli terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda "Al-Arabiya" telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya 7 yanvar ertalab shaharning Al-Yasmin tumanidagi uylardan birida xudkush kamariga ega jangarilar qamalib olishgani haqida xabar olgan. Jangarilar politsiyaning qurollarni tashlash va taslim bo‘lish talablariga o‘q uzish bilan javob berishgan. Otishma oqibatida Saudiya Arabistoni fuqarolari bo‘lgan ikki terrorchi o‘ldirilgan. Politsiya xodimlariga ziyon yetmagan.
Jinoyatchilar berkingan kvartira tekshirilganda portlovchi moddalar va qo‘lbola bombalarni tayyorlash uchun qurilmalar aniqlangan. Mamlakat ichki ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, terrorchilardan biri Abha shahrida masjid portlatilishiga aloqadorlikda gumon qilingan.
2015 yil avgustida xudkush kamariga ega terrorchi Abha shahrida Saudiya Arabistoni maxsus kuchlari bazasidagi masjidda terakt sodir etgan. Terakt oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, bir necha o‘nlab kishilar yaralangan. Barcha halok bo‘lganlar qirollik maxsus qo‘shinlari harbiylari bo‘lgan. Saudiya Arabistoni hukumati teraktni uyushtirishda gumon qilinganlarni tutishda ko‘mak berganlarga 5 mln rial (1,33 mln dollar) mukofot puli va'da qilgan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024