Jahon | 09:09 / 31.01.2017
4909
1 daqiqa o‘qiladi
Eron o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovini o‘tkazdi
Eron Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishgandan keyin birinchi marta o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, sinov 29 yanvarda Tehrondan 225 km uzoqlikdagi Semnan shahri tashqarisidan amalga oshirilgan. Raketa portlashidan avval 966 km uchib o‘tgan.
Telekanalning ma'lum qilishicha, 2015 yil iyulda BMT tomondan qabul qilingan 2231-sonli rezolyutsiya Eronga bunday sinovlarni o‘tkazishni taqiqlaydi. "Biroq bunga qaramay, bu iyuldan beri amalga oshirilgan ikkinchi shunday sinov bo‘ldi", deb xabar bermoqda telekanal.
Mavzuga oid
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024