Jahon | 18:48 / 09.02.2017
5040
1 daqiqa o‘qiladi

Eron yana bir raketani uchirgani haqidagi xabarlarni inkor qildi

Foto: Korrespondent.net

Eron Mudofaa vaziri Husayn Dehqon OAVning Eron yangi raketani uchirgani haqidagi xabarlarini tasdiqlamadi. Bu haqda vazirlik saytida ma'lum qilingan.

«Avvalo, bu xabarlar to‘g‘ri emas, bunday ish bo‘lmadi. Ikkinchidan, biz bunday sinovni o‘tkazsak ham bunga haqlimiz, hech kim bunga aralashmasligi kerak», — deya vazirning so‘zlarini keltirgan TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xabarlar Eronning dushmanlari tomonidan o‘ylab topilgan.

Bundan oldinroq amerikalik amaldorga asoslangan holda Fox News telekanali Eron poytaxti Tehron shahrining sharqiy hududida, 1 hafta oldin raketa parvozi amalga oshirilgan start maydonchasidan yana bitta raketani uchirgani haqida xabar tarqatdi. 

30 yanvar kuni Eron o‘rtacha masofali ballistik raketani sinagani ma'lum bo‘lgach, 3 fevral kuni AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni kiritgandi.

Mavzuga oid