O‘zbekiston | 13:44 / 10.02.2017
21463
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

2013 yildan beri Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Bahodir Otaxonov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov 8 fevral kuni tashkil etilgan “Press-klub” davomida ma'lum qilib o‘tdi.

U vazirning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaradi.

Bahodir Otaxonov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan bo‘lib, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori etib tayinlangunga qadar Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlagan. U 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 12 dekabr kuni bosh vazir o‘rinbosari Bositxonova Elmira Erkinovna Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi. 

Bositxonova vazirning onalik va bolalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.

Bundan avvalroq Bahrom Shokirov Davlat raqobat qo‘mitasi qoshidagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid