O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash vaziri o‘zgardi

Shu yilning 13 sentabrida Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlangan Adham Ikromov endi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi guruhlardan birida ma'lumot berilgan.
Adham Ikramov bir vaqtning o‘zida Bosh vazir o‘rinbosari hamda Sog‘liqni saqlash vaziri vazifalarini bajaradi.
U 2012 yilning yozidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Anvar Valiyevich Alimovning o‘rnini egalladi.
Shuningdek, bosh vazirning yana bir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan Bositxanova Elmira Irkinovna Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.
Ma'lumot uchun, Adham Ikromov bundan avval ham shu sohaga rahbarlik qilgandi. U 2009 yilning apreliga qadar Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, 2009 yilning aprelidan 2012 yilning fevraligacha sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
2012 yilning 7 avgustida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘z farmoni bilan Adham Ilhomovich Ikromovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yangi o‘rinbosari, madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha majmua rahbari etib tayinlagandi.
2015 yilning iyulida esa u Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish rahbari etib tayinlangan edi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

07:30 / 21.10.2024
Vazirlarga raqamlashtirish va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlanadi

10:39 / 04.09.2024
Ukrainada uch vazir va fond rahbari iste’foga chiqdi

07:24 / 12.06.2024
Bosh vazir o‘z o‘rinbosarlari va vazirlar bilan birgalikda har yarim yilda parlamentga hisobot taqdim etishi belgilanmoqda

20:48 / 04.05.2023