O‘zbekiston | 13:47 / 18.02.2017
15869
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Husaynga va do‘st Pokiston xalqiga Sind muzofotining Sexvan-Sharif shahrida sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazdi hamda jarohat olganlarning tez orada sog‘ayib ketishini tiladi.

Mavzuga oid