Jahon | 17:05 / 12.03.2017
14590
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya turkiyalik vazirlar mamlakatga qo‘yilmaganiga izoh berdi

Foto: Reuters

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte ma'lum qildiki, turkiyalik vazirlarning mamlakatga kiritilmasligi Anqara tomonidan sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilishi ortidan ro‘y berdi. Bu haqda Assoshieyted Press xabar qilgan.

"Biz bunday po‘pisa qilinadigan vaziyatda ish olib bora olmaymiz", degan bosh vazir.

Ryuttening qo‘shimcha qilishicha, u Turkiyaning oila va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘yicha vaziri Fatma Betul Sayan Kaya uning kelishini istamasalar ham mamlakatga quruqlik transporti orqali kirib kelib, Rotterdamdagi mitingda ishtirokchi bo‘lganidan hayratga tushganini qo‘shimcha qilgan.

Niderlandiya turk vazirini "nomaqbul xorijlik" deb e'lon qildi

Niderlandiyadan chiqarib yuborilgan turkiyalik vazir Istanbulga qaytib keldi

Mavzuga oid