O‘zbekiston | 22:29 / 15.05.2017
8572
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi xalqaro kongressning xorijiy mehmonlaridan maxsus intervyu 

15-16 may kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida "O‘zbekistonning madaniy merosi - xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l" mavzuida xalqaro ilmiy-madaniy kongress bo‘lib o‘tmoqda. 

Toshkentda bo‘lib o‘tgan kongressning birinchi kunida dunyoning 40dan ortiq mamlakatidan 140 nafar xorijiy ekspertlar, diplomatlar, olimlar, xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekistonning 50dan ortiq ilm-fan namoyandalari hamda milliy va xorijlik OAV xodimlari qatnashdi. 

Kun muxbiri mazkur xalqaro kongressda ishtirok etib, xorijiy ekspertlar va xalqaro tashkilot vakillaridan intervyu oldi. 

Bertil Lionne, Ilmiy tadqiqotlar milliy markazining tadqiqotlar bo‘yicha faxriy direktori (Parij, Fransiya):

Men mazkur kongress ishtirokchilariga taklif uchun minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekiston o‘zidan buyuk xazina qoldirgan tarixning hayajonli sahifalarini boshdan kechirdi. Ularning ko‘pchiligi muzeylarda saqlanadi, qolganlari esa yana qazishmalar davomida topiladi. Mazkur forum - O‘zbekistonning buyuk madaniy merosi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat.

Aleksandr Naymark, Xofstr universitetining tasviriy san'at kafedrasirahbari (Nyu-York, AQSh):

Loyihaning formati asrlar davomida O‘zbekiston aholisi tomonidan yaratilgan san'at yodgorliklari va madaniyatning butunjahon ahamiyatini namoyish etishga imkon beradi. Loyihaning muvaffaqiyatli tashkil etilishiga uning ilmiy rahbari Edvard Rtveladzening xalqaro mavqe katta hissa qo‘shdi. 

Genichi Tsuge, Tokio san'at universitetining professori (Tokio, Yaponiya): 

Kongress ishtirokchilarini tabriklash bilan bir qatorda, O‘zbekiston muzeyi, kutubxonasi, arxivlari o‘zining boy qimmatbaho resurslarini dunyoning har bir tadqiqotchisiga raqamli ijro orqali taqdim etishini so‘rab qolaman. Jumladan, musiqa va tarixiy musiqiy asboblarning yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan eski qo‘lyozmalar, miniatyuralar, ikonografik obektlarni ham. 

Shastri Ramachandaran, "Daily News and analysis" nashri muxbiri (Hindiston): 

Ushbu anjumanga dunyoning turli mamlakatlaridan olimlar, hamkasblarimiz tashrif buyurib, O‘zbekistonning arxeologik, madaniy va tarixiy meroslari haqida ma'lumotlar berishi, suhbat qurishi katta tajriba maktabi bo‘ladi.  Mazkur tadbir ishtirokchisiga aylanganimdan mamnunman. 

Mosud Mannan, Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi:

Bu buyuk xalqning tarixiy, arxeologik yodgorliklari, go‘zal madaniyati doim barchani lol qoldiradi. Tadbir esa xorijiy mehmonlarga o‘zbekona mehmondo‘stlikdan bahramand bo‘lishga, uning madaniy-ilmiy boyligi bilan yaqiinroq tanishishga va butun dunyo bo‘ylab keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid