Light | 19:55 / 18.05.2017
54384
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalarni necha yoshdan boshlab kitob o‘qishga jalb qilish kerak?

Foto: oum.ru

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, ota-ona o‘z farzandining olti oylik vaqtidan boshlab unda bilim ko‘nikmalari va yaxshi xotirani shakllantirishi mumkin. Buning uchun shunchaki bolalarga kitob o‘qib berish kifoya. "Ortodoks" tibbiy portalida shu mazmundagi maqola taqdim etildi.

Mutaxassislar to‘rt yil davom etgan tajribalar mobaynida 250 nafar bola va ularning onalarini kuzatishgan - bolalarning yangi so‘zlarni eslab qolishi, keyinroq esa ularning bilim ko‘nikmalari va o‘qish texnikasiga oid xususiyatlari tekshirib borilgan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ota-ona  farzandining erta bolalik chog‘idanoq u bilan shug‘ullansa -  unga kitoblar o‘qib bersa, o‘qilgan asarni muhokama qilsa, suratlarni birgalikda tomosha qilib, kitobni bolaga ishonib topshirsa - bu bolaning nutqi ravon, xotirasi esa mustahkam bo‘lishiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 

Shuningdek, bunday mashg‘ulotlar bolaga maktabdagi o‘quv darsliklarini yaxshi o‘zlashtirish, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay bilish va tengdoshlari bilan oson til topishishga yordam beradi.

Mavzuga oid