Ko‘zi ojizlikni davolashga qodir dorivor tomchilar sinovdan o‘tkazildi
Birminhem universiteti olimlari odamlarni og‘riqli inʼeksiyalarsiz ko‘zi ojizlikdan qutqarishi mumkin bo‘lgan noyob tomchilarni ishlab chiqishdi. Ko‘zi ojizlikni davolashning yangi usuli kalamush va sichqonlarda sinovdan o‘tkazildi. "Ortodoks" tibbiy portalida shu haqida xabar berildi.
50 yoshdan keyin ko‘p kishilar sariq dog‘ degeneratsiyasidan aziyat chekishadi. Kasallik natijasida ko‘rish qobiliyati yomonlashadi va davolash muolajalari talab qilinadi. Bugungi kunda kasallikni faqat inʼeksiyalarni ko‘z ichiga yo‘llab davolash mumkin. Bu jarayon yoqimsiz va ancha og‘riqli kechadi.
Birmingem universiteti olimlari tomonidan ishlangan yangi ko‘z tomchilari sanoqli daqiqalarda ko‘z ichiga yo‘llanadi - bu vaqt jihatidan inʼeksiyalardan uzoqroq bo‘lishi mumkin, lekin ulardan ancha xavfsiz.
Mavzuga oid
16:29 / 16.09.2024
Shishgan, qizargan, yiringlagan ko‘zlar – kon’yunktivitni qanday davolash mumkin?
00:42 / 10.11.2023
Dunyoda birinchi marta ko‘z transplantatsiyasi amalga oshirildi
15:24 / 24.10.2023
Zamonaviy kasallik: raqamli ko‘z zo‘riqishida nima qilish yoki qilmaslik kerak?
15:03 / 01.10.2022