Marko Simich «Paxtakor» bilan 2,5 yillik shartnoma tuzdi
Toshkentning «Paxtakor» klubi bugun — 23 iyun kuni bosh murabbiy Shota Arveladzeni va jamoaning yangi futbolchisi Marko Simichni jamoatchilikka rasman tanishtirdi.
«Tribuna.uz» muxbiri bergan ma'lumotga ko‘ra, «Rostov» klubidan transfer qilingan bu chernogoriyalik futbolchi bilan 2,5 yillik shartnoma tuzildi, bu shartnoma keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Ushbu markaziy himoyachi yangi klubida 55-raqamli futbolkada to‘p suradi.
Simich «Rostov»ga qadar Belarus, Bolgariya, Serbiya, Vengriya klublarida, shuningdek, Turkiyaning «Keyserispor», Isroilning «Xapoel T-A» klublarida to‘p surgan. Chernogoriya milliy termasiga 2013 yilda jalb qilingan himoyachi hozirga qadar 21 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
transfermartkt.de Marko Simichning transfer qiymatini 1,8 million yevro etib belgilagan.
Mavzuga oid
08:39 / 31.12.2024
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil» energetika koridori to‘g‘risida shartnoma imzoladi
17:46 / 25.12.2024
«Paxtakor» Igor Sergeyev jamoaga qaytganini e’lon qildi
13:32 / 19.12.2024
Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi mavjud bo‘lmagan korxona bilan shartnoma tuzgan
17:42 / 04.12.2024