Sport | 09:04 / 04.07.2017
15608
2 daqiqa o‘qiladi

«Milan» to‘xtamayapti: yana bir hujumchi nishonga olindi

Foto: eurosport

«Milan» «Borussiya» hujumchisi Per-Emerik Obameyangga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia jurnalisti Janluka Di Martsio xabar bergan.

«Rossoneri» dortmundliklar rahbariyati va 28 yoshli futbolchi talab qilayotgan mablag‘ni haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda. Shu bois, «Milan» transfer narxi va futbolchi talab qilayotgan maoshni kamaytirishga harakat qilib ko‘radi.

Avvalroq Obameyang faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi, unga «Tyantszin Tsyuantszyan» klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Obameyangning «Borussiya» bilan shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan. Gabonlik futbolchi yakunlangan mavsumda 31ta gol urib, Germaniya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylangandi.

Qayd etish kerakki, yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tgan «Milan» shu vaqtgacha 6 transferni rasmiylashtirgandi: «Vilyarreal»dan himoyachi Mario Musakkio, «Atalanta»dan tayanch yarim himoyachisi Frenk Kessiye, «Volfsburg»dan himoyachi Rikardo Rodriges, «Portu»dan hujumchi Andre Silva, «Sanderlend»dan hujumchi Fabio Borini va «Bayyer»dan Hoqon Chalxono‘g‘li sotib olingandi. 

Mavzuga oid