Jahon | 20:10 / 27.07.2017
44918
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov o‘z lavozimidan ketishga tayyor

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ibodat tepaligidagi Al-Aqso masjidini himoya qilish uchun o‘z lavozimini tashlab ketishga tayyorligini ma'lum qildi.

«Men o‘z lavozimni topshirish va musulmonlar uchun muqaddas sanalgan bu masjid xavfsizligini ta'minlash tizimida xizmat qilishga tayyorman. Ko‘ngilli sifatida qolgan umrimni Al-Aqso masjidini qo‘riqlashga bag‘ishlashga tayyorman», — deya yozgan Qodirov Telegram kanalida.

O‘tgan hafta uch jangari Ibodat tepaligida ikki politsiyachini o‘ldirib ketgani bu hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Ibodat tepaligiga chiqish uchun metall aniqlovchi romlardan o‘tish talab etiladi. Bundan tashqari, ellik yoshga to‘lmagan musulmonlarga Al-Aqsoda namoz o‘qish taqiqlandi.

Bu choralar mahalliy musulmonlar orasida keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Ular namoyishlar uyushtirdi, shuningdek, politsiya bilan to‘qnashuvlarga kirishdi

25 iyul kuni Isroil harbiy-siyosiy kabineti metall detektorlar va videokameralarni olib tashlashga qaror qildi.

Mavzuga oid