Jamiyat | 11:45 / 20.08.2017
17296
1 daqiqa o‘qiladi

Bekobodlik shaxs xotiniga 6 marotaba osh pichog‘i bilan zarba berdi

Bekobod tumanida xotiniga pichoq urib, o‘ldirishga uringan erkak qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB.

Ma'lum bo‘lishicha, 16 avgust kuni soat 17.30 larda, Bekobod tumanida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan Rustam Payziyev (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) uyida o‘zaro janjallashib, xotini, uy bekasi, 1982 yilda tug‘ilgan Gulnora Payziyevani qorin qismiga 6 marotaba yog‘och sopli osh pichog‘i bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi tan jaroxati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Yuqoridagi holat yuzasidan Rustam Payziyev ushlandi, holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil sifatida voqea joyidan 1 dona osh pichog‘i olindi.      

Mavzuga oid