Jahon | 19:36 / 28.08.2017
5636
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning yana bir shtatida “Harvi” tufayli favqulodda holat e'lon qilindi 

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Luiziana shtatida «Harvi» tropik po‘rtanasi tufayli favqulodda holat rejimini e'lon qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Prezident Donald Tramp Luiziana shtatida FH rejimini e'lon qildi hamda shtatning tezkor xizmatlari hamda mahalliy ma'muriyatiga «Harvi» tropik po‘rtanasi natijasida yuzaga kelgan favqulodda holatlar bilan kurashishda federal yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha choralar haqida farmoyish berdi», - deyiladi xabarda.

Foto: AQShga 12 yil ichidagi eng kuchli dovul yopirildi

Avvalroq Meksika hukumati AQShga “Harvi” dovuli oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qilgandi.

Mavzuga oid