Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika AQShga yordam taklif qildi
Foto: The New York Times
Meksika hukumati AQShga “Harvi” dovuli oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi. Bu haqda Dallas News xabar bermoqda.
Meksika katta zarar ko‘rgan Texas shtatiga falokat bilan kurashda yordam taklif qilgan, «sababi yaxshi qo‘shnilar og‘ir damlarda har doim shunday qiladi».
Xabar qilinishicha, Meksika tashqi ishlar vaziri Luis Videgaray va Texas shtati gubernatori Greg Ebbott yakshanba, 27 avgust kuni tabiiy ofatni telefon orqali muhokama qilishgan.
Shuningdek, Meksikaning Ostindagi bosh konsuli Karlos Gonsales Guterres gubernator kotibiyati bilan doimiy aloqada ekanini aytgan. U Meksika AQShga qanday qilib yaxshiroq yordam ko‘rsatish niyatidaligini ma'lum qildi.
«Xuddi avvalgidek, Meksika Texas bilan mushkul paytda birga bo‘ladi», - dedi Gonsales.
Ta'kidlanishicha, Meksika 12 yil avval, «Katrina» dovulidan so‘ng oziq-ovqat, tibbiyot vositalari va ichimlik suvi yuklangan kemalarni yuborgan bo‘lib, o‘shanda Yangi Orleandagi tabiiy ofat qurbonlariga yordam ko‘rsatishga intilgan.
Avvalroq AQSh harbiylari Texasdagi suv omborlaridan suvni chiqarib tashlashni rejalashtirishayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
03:54 / 01.01.2026