Jahon | 08:44 / 19.09.2017
7499
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp Venesuela bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Venesuelada «demokratiyani tezroq tiklashni» xohlamoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tramp Lotin Amerikasi davlatlari yetakchilari bilan tushlik vaqtida Venesuela xalqi ocharchilikdan aziyat chekayotgani, mamlakatning o‘zi esa vayron bo‘layotganini ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh «Venesuela avtoritar boshqaruv sari ketishda davom etsa», qo‘shimcha choralarni qabul qilishga tayyor.
Tramp Venesuelada «demokratiya va siyosiy erkinlikni butunlay tiklashga» chaqirdi.
«Biz bu juda tez ro‘y berishini xohlaymiz», - dedi u.
Avvalroq Maduro Trampdan minnatdor ekani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:02 / 20.11.2024
AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
20:37 / 24.10.2024
Saxarov mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchilariga berildi
21:35 / 15.10.2024
Maduro Ilon Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
19:56 / 13.10.2024