O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi
26 sentabrda Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralarining "Hamkorlikning yangi gorizontlari" mavzusida II O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Rossiya delegatsiyasiga Rossiya savdo-sanoat palatasining vitse-prezidenti Vladimir Padalko boshchilik qildi. Delegatsiya tarkibiga Rossiyaning 18 ta mintaqasi va 20 dan ko‘proq sohasidan 40 ta kompaniya kirdi.
"Hozirda Rossiya ham, O‘zbekiston ham rivojlanishning iqtisodiy modelini takomillashtirishning bir yo‘nalishidan ketmoqda. Bizning forum ishlab chiqaruvchilarning bir-birlari bilan hamkorlik qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh qo‘shma ishlab chiqarishlarini yaratishga intilishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Moliya, ishlab chiqarish va inson resurslariga tayanish kerak", deb aytgan Padalko yalpi majlisda.
Padalkoning ta'kidlashicha, O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish Rossiyaning ko‘plab mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ijobiy ta'sir qiladi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Sohib Saifnazarov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zaro savdo joriy yilda 5 mlrd dollarga yetishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi. 2016 yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 4,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Uning aytishicha, O‘zbekiston kompaniyalari Rossiyaga avtomobilsozlik, meva-sabzavot, to‘qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlari, qurilish materiallarini yetkazishni kengaytirishga tayyor. Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistonning asosiy import qilinuvchi mahsulotlari neft va neft mahsulotlari, metallprokat va mashinasozlik mahsulotlari bo‘lib qolmoqda.
Forum davomida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun tijoriy manfaatlarni huquqiy himoyalash institutlarini ilgari surish zarurligi aytib o‘tildi.
Forum doirasida Rossiya va O‘zbekiston savdo-sanoat palatalari xalqaro tijorat arbitraji va mediatsiya sohasida hamkorlik qilish kelishuvini imzolashdi.
Hujjat ikki davlat tashqi iqtisodiy faoliyat sub'yektlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Tomonlar shuningdek Rossiya-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmon kengashlari o‘rtasida 2018-2019 yillarda hamkorlik memorandumi bandlarini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolashdi.
Forum dasturi o‘z ichiga uch sessiyani oldi. Ular O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, sayyohlik hamda transport va logistikaga bag‘ishlandi. Har bir seksiya yakunlari bo‘yicha taqdimot, muhokama va tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:31
BMW Rossiyaga avtomobil yetkazish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni tan oldi
09:12
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
00:36 / 22.12.2024