Jamiyat | 09:15 / 28.09.2017
21534
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar uchun ustamalar miqdorlari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 14.09.2017 yildagi 721-son qarori bilan bojxona organlari xodimlariga uzoq xizmat muddati uchun ustamalar va oziq-ovqat payogi o‘rniga har oyda beriladigan pul kompensatsiyasi miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjatga asosan bojxona xizmati xodimlariga uzoq xizmat muddati uchun lavozim maoshiga va shaxsiy berilgan maxsus unvon bo‘yicha maoshga nisbatan foizlarda quyidagi miqdorlarda ustama beriladi:

•  2 dan 5 yilgacha – 5%;
•  5 dan 10 yilgacha – 10%;
•  10 dan 15 yilgacha – 15%;
•  15 dan 20 yilgacha – 20%;
•  20 dan 25 yilgacha – 25%;
•  25 yil va undan ortiq – 30%. 

Bundan tashqari, oziq-ovqat payogi o‘rniga bojxonachilarga har oyda EKIHning 3 baravari miqdorida pul kompensatsiyasi to‘lanadi.

Ko‘rsatilgan to‘lovlar respublika byudjyeti, shuningdek DBQning Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Mavzuga oid