Fan-texnika | 15:00 / 11.10.2017
17130
1 daqiqa o‘qiladi

Telegram endi rus tilida!

Foto: RIA "Novosti"

Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov messenjerning ruscha versiyasi paydo bo‘lgani haqida ma'lum qildi. Bu haqida u o‘zining "VKontakte" sahifasida xabar berdi. 

"Telegram interfeysi endi rus va ukrain tillarida ham ishlaydi. Yangi translations.telegram.org platformamizning ishga tushishi tufayli mana shunday imkoniyat paydo bo‘ldi", - deb yozadi u. 

Durov "bugun "ruscha" Telegram dunyoga kelgani"ni qo‘shimcha qiladi. Ta'kidlash joizki, xuddi shu kuni, ya'ni 10 oktabrda messenjer asoschisi Pavel Durov tavallud topgan.

Mavzuga oid