Jamiyat | 18:30 / 25.10.2017
10639
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng samarali faoliyat yurituvchi bosh direktorlari reytingi

Dunyoning eng samarali faoliyat yurituvchi bosh direktorlari reytingi e'lon qilindi. Harvard Business Review jurnali mazkur reytingni taqdim etdi.

Reytingda birinchi o‘rinni Inditex kompaniyasi bosh direktori Pablo Isla egalladi. 2015 va 2016 yillarda ispan riteyleri top-menejyeri eng samarali ish ko‘rsatuvchi rahbarlar reytingida uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Foto: Harvard Business Review

Isla 53 yoshda, u 12 yil mobaynida Inditex kompaniyasining bosh direktori sifatida faoliyat yuritib keladi. U Madriddagi Komplutense universitetida yuridik bilim olgan. Unga qadar esa Banco Popular bank guruhi, Ispaniya iqtisodiyot va moliya vazirligida ishlagan, bundan tashqari, Altadis tamaki kompaniyasining prezidenti bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinni, o‘tgan yildagi kabi, Britaniyaning WPP kommunikatsion xoldingi bosh direktori Martin Sorrell egalladi. U 2015 yilgi reytingda beshinchi o‘rinda bo‘lgan.

Uchinchi o‘rinda Amerikaning NVIDIA texnologik kompaniyasi rahbari Jen-Sun Xuan qayd etildi. 2016 yilda u reytingning 6-o‘rnida, 2015 yilda esa 29-o‘rnida bo‘lgan.

Shuningdek dunyoning eng samarali faoliyat yurituvchi direktorlari reytingining ilk o‘nligiga Jak Ashenbrua (Valeo avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchisi), Bernar Arno (LVMH hashamat buyumlari ishlab chiqaruvchisi), Marten Buig (Bouygues sanoat guruhi), Yoxan Tiys (KBC bank guruhi), Mark Parker (Nike sport kiyimi va poyabzali ishlab chiqaruvchisi), Elmar Degenxart (Continental shina ishlab chiqaruvchisi) va Florentino Peres Rodriges (ACS qurilish kompaniyasi) kiritilgan.

Manba: Foto: Harvard Business Review

Mavzuga oid