Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari hayotdan ko‘z yumdi
Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shakarjon Yusupovna Xo‘janiyozova olamdan bevaqt ko‘z yumdi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar qilgan.
1955 yilda Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida tug‘ilgan Shakarjon Xo‘janiyozova joriy yilning 25 yanvaridan viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bundan avval, u Xorazm viloyati hokimining tashkiliy, iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, shuningdek, Bog‘ot tuman hokimi lavozimida mehnat qilgan.
Xo‘janiyozova ish faoliyatini 1977 yil Bog‘ot tuman jamoa xo‘jaligi hisobchiligidan boshlagan bo‘lib, keyinchalik shu tumandagi 6-sonli o‘rta hunar-texnika bilim yurti direktori o‘rinbosari, so‘ngra direktori bo‘lib ishlagan.
U 1998 yili «Mehnat shuhrati» ordeni, 2004 yili «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
Tahririyat Shakarjon Xo‘janiyozovaning bevaqt o‘limi munosabati bilan uning oila a'zolariga hamda yaqinlariga chuqur ta'ziyani bildiradi.
Mavzuga oid
11:08 / 24.12.2024
Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
21:47 / 02.12.2024
AQSh Xorazmdagi pedofil amaldorlarga sanksiya kiritdi
10:41 / 30.11.2024