Jahon | 22:15 / 09.11.2017
10591
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya va Kuvayt o‘z fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirdi

Foto:stateofmind13.com

Saudiya Arabistoni o‘zining Livandagi fuqarolarini imkon qadar bu mamlakatni tezroq tark etishga chaqirdi. SPA agentligi shu haqida xabar berdi. 

"Livan Respublikasidagi vaziyat sabab tashqi ishlar vazirligida vaqtinchalik Livanda bo‘lgan yoki o‘sha yerda yashovchi saudiyaliklardan mamlakatni imkon qadar tezroq tark etish so‘ralmoqda", - deyiladi xabarda.

Idorada shuningdek Livanga borishdan saqlanish tavsiya etildi. Bunday bayonotlarning aniq sabablari keltirilmagan.

Bundan tashqari, KUNA agentligiga ko‘ra, Kuvayt ham o‘z fuqarolarini darhol Livanni tark etishga chaqirgan. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi shunday bayonot bilan chiqqan. 

Kuvayt fuqarolaridan Livanga bormaslik so‘raldi. TIV buni respublikadagi vaziyat munosabati bilan ko‘rilgan ehtiyot chorasi sifatida izohladi.

Mavzuga oid