Light | 18:50 / 14.11.2017
22093
2 daqiqa o‘qiladi

Qahva yurak uchun foydali ekani aniqlandi

Foto: Flickr

Amerika yurak kasalliklari assotsiatsiyasi mutaxassislari ma'lum qilishicha, qahva iste'mol qilish yurak yetishmovchiligi va insult paydo bo‘lish xavfini kamaytirar ekan. Bu haqda EurekAlert! saytida e'lon qilingan press-relizda aytib o‘tilgan.

Olimlar yurak qon-tomir tizimi holati va turli parhezlar orasidagi bog‘lanishni aniqlashga bag‘ishlangan uzoq muddatli Framingham tadqiqotlari natijalarini mashina algoritmi yordamida qayta ishlab, tahlil qilishgan. Aniqlanishicha, haftasiga har bir qo‘shimcha finjon qahva infarkt xavfini 7 foizga, insult xavfini 8 foizga kamaytiradi.

Garchi tadqiqot natijalari sabab-oqibat o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatmayotgan bo‘lsa-da, boshqa ilmiy ishlarda ham qahvani kunda iste'mol qilish to‘satdan o‘lish xavfini kamaytirishi, saratonning turli ko‘rinishlari, jumladan, jigarda xavfli o‘sma paydo bo‘lishi ehtimolini pasaytirishi namoyish etib o‘tilgan edi. Bularning barchasi hisobga olinadigan bo‘lsa, qahva chindan ham yurak qon-tomir tizimi ishdan chiqishidan o‘lish xavfini kamaytirishiga ishonsa bo‘ladi.

Mavzuga oid