Sport | 14:00 / 20.11.2017
22777
3 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov JCh-2018 ishlashi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatiga kiritildi

Sport-Ekspress

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh-2018 o‘yinlarini boshqarishi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatidan o‘rin egalladi. Tsyurixda FIFA hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda JCh-2018 musobaqasida ishlashi mumkin bo‘lgan 25 nafar referilar saralab olindi.

Agar Ermatov JCh-2018 o‘yinlarida ham ishlasa, navbatdagi rekordni yangilashi mumkin bo‘ladi. Hozirgacha aynan u mundiallarda eng ko‘p uchrashuvni (9 uchrashuv) boshqargan hakam bo‘lib turibdi. Uning har bir o‘yinni boshqarishi rekordning yangilanishiga sabab bo‘ladi.

FIFA tomonidan e'lon qilingan 25 nafar hakamlarning 9 nafar Yevropa vakili bo‘lsa, besh nafari – Janubiy Amerika, to‘rt nafari – Osiyo, uch nafari – KONKAKAF va yana bir nafar Okeaniya referilari sanalishadi. 

Hozircha bu JCh-2018da ishlaydigan hakamlarning so‘nggi ro‘yxati sanalmaydi. Qo‘shimcha testlardan o‘tilgach va turli xil jarohat yoki shunga o‘xshash holatlarni chetlab o‘tgan hakamlar mundialda ishtirok etadi. Yakuniy ro‘yxat 2018 yilning yanvarida e'lon qilinadi.

Hakamlar ro‘yxati:

Yevropa: Junayt Chaqir (Turkiya), Byorn Kuypers (Niderlandiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya), Yonas Eriksson (Shvetsiya), Antonio Mateo Laos (Ispaniya), Shimon Marchinyak (Polsha), Feliks Brix (Germaniya), Milorad Majich (Serbiya). 
Osiyo: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston), Alirizo Fag‘oniy (Eron), Navaf Shukralla (Bahrayn), Ruyuzi Sato (Yaponiya). 
Afrika: Bakari Gassama (Gambiya), Janni Sikazve (Zambiya), Gehad Grisha (Misr). 
Markaziy va Shimoliy Amerika: Mark Geyger (AQSh), Xoel Agilyar (Salvador), Sesar Ramos (Meksika). 
Janubiy Amerika: Sandro Richchi (Braziliya), Nestor Pitana (Argentina), Vilmar Roldan (Kolumbiya), Enrike Kaseres (Paragvay), Julio Baskunyan (Chili). 
Okeaniya: Mett Konger (Yangi Zelandiya).

Mavzuga oid