Jahon | 09:51 / 22.11.2017
6811
1 daqiqa o‘qiladi

Falastin AQSh bilan aloqalarni uzmoqda

Falastin hukumati AQSh bilan barcha aloqalarni muzlatib qo‘yish haqida qaror qabul qildi. Bu Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Vashingtondagi Falastinni ozod etish tashkiloti vakolatxonasi faoliyatini to‘xtatib qo‘yganidan so‘ng yuz berdi, deb xabar qilmoqda The Times of Israel.

Falastinni ozod etish tashkiloti vakilining ma'lum qilishicha, u Falastin yetakchisi Mahmud Abbosdan «amerikaliklar bilan barcha aloqa kanallarini yopish» haqida ko‘rsatma olgan.

Bundan avval Falastin AQShni Falastinni ozod etish tashkiloti vakolatxonasining yopilishi tufayli barcha aloqalar uzilishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

Mavzuga oid