Jahon | 10:05 / 23.11.2017
189043
3 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev: Islom Karimov meni hech qachon kechirmasligini yaxshi tushunganman

Foto: TASS

Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston hududidan nega AQSh bazasini chiqarib yuborganiga aniqlik kiritdi. Uning aytishicha, «chunki qo‘shnilar, ikki buyuk davlat xafa qilingan». U bu haqda 22 noyabr kuni davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytib o‘tdi.

«Agarda men qandaydir ishlarni qilgan bo‘lsam, o‘zimga juda kuchli dushmanlar orttirayotganimni yaxshi tushunganman», - deya aytib o‘tdi u va Qirg‘izistondan AQSh harbiy bazasining chiqarib yuborilishini misol tariqasida keltirgan.

«Hech kim, hatto amerikaliklarning o‘zi ham ishonmagandi. Biroq men shunday qarorni qabul qildim, sababi bu yerda bazaning joylashtirilishi Oq uydagilarning vaziyatni «boshqarishiga» olib keldi. Mayli, ular bizga yordam berdi va keyin ham yordam berishardi, biroq biz ikki buyuk qo‘shni davlat – Rossiya hamda Xitoyni xafa qildik», - deya aytib o‘tdi Atamboyev.

«Bizda shunday naql bor: «Uzoq qarindoshdan ko‘ra, yaqin qo‘shni yaxshi». Balki bizga «Sem amaki» qarindosh ham emas edi, yordam ham bergandir. Biroq birinchi navbatda qo‘shnilar bilan do‘stlashish kerak. Ayniqsa, Rossiya va Xitoy kabi buyuk mamlakatlar bilan», - deya ta'kidlab o‘tgan u.

«Ba'zida esa munosabatlarni sovuqlashtirishga majbur bo‘ldim. Islom Karimov meni hech qachon kechirmasligini tushunib, xursand bo‘lganman, deb o‘ylamang. Hamda Nursulton Nazarboyev men BMT tribunasida chiqish qilishga tayyorlanayotganimda, tuni bilan uxlamaganim, nutqimni boshqa vaqtga ko‘chirganimda meni kechirmasligini ham bilardim. Sababi biz mustaqil davlatmiz. Agarda o‘shanda indamaganimda, BMTda chiqish qilmaganimda, hozir bu marosimda, ehtimol, qandaydir yugurdak vaziyatni boshqarib o‘tirgan bo‘lardi», - deya aytib o‘tdi Atamboyev.

Mavzuga oid