Atamboyev Qirg‘iziston kelajagidan xavotirda emasligini aytdi
Almazbek Atamboyev Sooronbay Jeenbekov va Qirg‘iziston xalqini yangi davlat rahbari o‘z lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi. Uning ta'kidlashicha, hokimiyatni topshirish paytida juda hayajonlangan.
«Yaratganga shukr, mening muddatim yakunlandi. Barcha tarafdorlarim va mamlakat fuqarolariga doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildiraman. Sizlar meni prezident sifatida tanlab, katta ishonch bildirdingiz. Rafiqam hamda farzandlarimga rahmat aytmoqchiman», - dedi Atamboyev.
Uning navbatdagi marotaba ta'kidlashicha, yangi prezident halol ishlashi va islohotlar yo‘lida davom etishiga ishonmoqda. U o‘zi yozgan tilakni o‘qib eshittirgan.
«Mening do‘stim Soke, ishonamanki, sen munosib prezidentga aylanasan. Qirg‘izistonni yorqin va gullab-yashnaydigan kelajakka olib kelasan», - deya aytib o‘tdi u.
Mavzuga oid
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
10:43 / 27.12.2024
Qirg‘iziston ayrim Ko‘rfaz davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024