Jeenbekov eng asosiy e'tiborni nimaga qaratishini aytdi
Qirg‘iziston yangi prezidenti siyosatidagi ustuvor yo‘nalish – korrupsiya bilan kurash bo‘ladi. Bu haqda Sooronbay Jeenbekov bugun inauguratsiya marosimida qasamyod keltirganidan so‘ng so‘zlagan nutqida ma'lum qildi.
Prezident korrupsiya bilan kurash olib borish hamda sud tizimi ishining shaffofligini ta'minlashga va'da berdi.
«Biz sudlar infratuzilmasini yanada yaxshilashimiz hamda adliyaning raqamli tizimini joriy etishimiz kerak, shunda sudyalar mas'uliyati va shaffofligi ham bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Sooronbay Jeenbekov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘iziston ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat yo‘lidan chetlashmaydi.
Prezident tashqi siyosatda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Davlat rahbari Rossiya bilan strategik sheriklikni ham davom ettirish muhimligini alohida ta'kidlab o‘tgan.
«Yevropa ittifoqi davlatlari, Yaponiya, Koreya, Hindiston, Mo‘g‘uliston, Xitoy, Turkiya va AQSh bilan hamkorlikni yanada kuchaytiramiz», - deya qayd etib o‘tdi prezident.
Mavzuga oid
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
10:43 / 27.12.2024
Qirg‘iziston ayrim Ko‘rfaz davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024