Jahon | 16:31 / 25.11.2017
17876
1 daqiqa o‘qiladi
305 kishi. Misrdagi terakt qurbonlari soni yana oshdi
Misr bosh prokuraturasi mamlakatda yuz bergan terakt oqibatida 305 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda MENA.
Halok bo‘lganlar orasida – 27 nafar yosh bola. Shuningdek, 128 inson jabrlangani aytilmoqda.
Avvalroq Misrdagi terakt natijasida 235 kishi halok bo‘lgani, politsiya 30 nafar jangarini yo‘q qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misrning Sinay yarim orolida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab tinch aholi, xavfsizlik xodimlari qurbon bo‘lganligi munosabati bilan ushbu mamlakat prezidenti Abdul-Fattoh As-Sisiga hamdardlik bildirdi.
Mavzuga oid
21:57
General Kirillovga suiqasd ishi bo‘yicha yangi ayblanuvchilar paydo bo‘ldi
21:40 / 08.01.2025
Misr Suvaysh kanalining yangi tarmog‘ini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi
11:25 / 06.01.2025
Yangi Orleandagi terakt ijrochisi hujumdan oldin shaharga ikki marta kelgan
11:14 / 03.01.2025